XVJ Rossiya iqtisodiyoti chuqur tanazzulga uchraganini e’lon qildi

Olam

image

Rossiya iqtisodiyoti xalqaro sanksiyalar sabab chuqur tanazzulga uchragani uchun 2022-2023 yillarda qisqaradi. Bu haqda Xalqaro valyuta jamg‘armasining (XVJ) Yevropa departamenti rahbari Alfred Kammer kecha, 14 oktyabr kuni brifingda ma’lum qildi.

“2022-2023 yillarda Rossiyada o‘sish salbiy bo‘ladi, bu endi boshlangan chuqur retsessiya”, deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yevropa mintaqasidagi boshqa davlatlar ham muammolarni boshdan kechirmoqda, ammo Rossiya kabi “katta turg‘unlik”ga duch kelmayapti.

XVJ tadqiqot departamenti direktori o‘rinbosari Petya Koyeva-Bruks energiya eksportini qayta taqsimlash, davlatning iqtisodiyotga sezilarli ta’siri va rublning mustahkamlanishi Rossiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlovchi asosiy omillarga aylanganini ta’kidlagan edi.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi oktyabr oyidagi hisobotida Rossiya iqtisodiyoti uchun prognozni yana yaxshiladi: 2022 yilda 6 foiz o‘rniga 3,4 foizga, 2023 yilda esa iyul oyidagi 3,5 foizlik prognozga nisbatan 2,3 foizga pasayish kutilmoqda.

Iqtisodiy rivojlanish vazirligining prognoziga ko‘ra, 2022 yilda Rossiya yalpi ichki mahsulotining nominal hajmi 146 trillion rublni, 2023 yilda deyarli 150 trillion rublni, 2024 yilda – 159,7 trillion rublni, 2025 yilda – 170,6 trillion rublni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing