Xo‘jaylilik ayol bolalarini nega do‘pposlaganini aytdi (video)
3-sahifa
−
11 aprel 2022
26369Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida yashovchi ayol bolalarini erining qarindoshlari unga yordam berishi uchun urganin. Bu haqda uning o‘zi IIV xodimi bilan suhbatda aytdi.
“Qizlarimni urib videoga olganim sababi erim Rossiyada edi, men farzandlarim bilan birga yolg‘iz yashardim. Ukalari kelib qarashar degandim, bari bir kelishmadi. O‘rtada ota-onam kasal bo‘lib, shok holatda edim. Qizlarimni urganimdan pushaymonman”, deydi u
Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u 2016 yil mayda turmush qurgan, keyin iyunda eri bilan ishlash uchun dastlab Qozog‘istonga ketgan, so‘ng o‘sha yili avgustda Rossiyaga ketgan. 3-4 oy ishlagach, farzandiga homilador bo‘lganida ortga qaytgan. Ayol homiladorligida ham Rossiyaga borib kelgan.
“Maqsadim, erimning uyidan hech kim kelmaydi, nabiralarini o‘rib, o‘ldirib qo‘ysam ham, ularni (erining ota-onasi – tahr.) ishi yo‘q. Videoga o‘zim oldim va erimga jo‘natdim, menga rahmi kelar, uyidagilarga aytar, bizni yonimizga kelishar deb, lekin unday bo‘lmadi. Keyin yana videoga olib jo‘natdim, yana ta’sir qilgani yo‘q. Xudo ko‘zimni ochdi. Otam o‘ldi. Shu norasidalarni ko‘z yoshi shu deb bilaman”, deydi ayol.
Kelinning aytishicha, qaynonasi videolar tarqab ketishi bilan uni qo‘rqitgan.
“Qaynonam qo‘rqitardi tarqatvoraman, ertaga televizorda ko‘rasan, derdi. Aytganini qilishdi, nomardlik bo‘yicha birinchi o‘rin. Lekin mardlik qilib, men ming yomon ekanman, kelib nega xabar olmadi nabiralaridan? Yo‘l yo‘riq ko‘rsatmadi”, deydi ayol.
Uning so‘zlariga ko‘ra, oilaning ro‘zg‘ori erining Rossiyadan yuboradigan pul bilan tebratiladi.
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlarda ayol farzandlarini ayovsiz kaltaklayotgani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabatda, Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro X.F. doimiy ravishda o‘zining voyaga yetmagan farzandlari 2017 yilda tug‘ilgan X.Sh. hamda 2019 yilda tug‘ilgan X.A.ni har xil so‘zlar bilan haqoratlab, do‘pposlab kelayotgani ochiqlangandi.
LiveBarchasi