Xo‘jaylida uch kishini devor bosib qoldi. Ularning barchasi vafot etgan
Jamiyat
−
01 mart 2021
7254Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida 3 nafar fuqaro devor bosib qolishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, joriy yilning 28 fevral kuni, soat 13:00 larda Xo‘jayli tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, 12:30 da Xo‘jayli tumani "Madaniyat" MFYda yashovchi fuqaro A.A. ning eski uyini B.Q., S.L. va J.T. lar buzayotgan vaqtda uyning devor qismi qulab tushgan. Oqibatida uchala fuqaroni ham devor bosib qolgan va ular hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Xo‘jayli tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi