Xususiy sektorda ishlayotgan homilador ayollarga 2 mln nafaqa beriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 sentyabridan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga davlat byudjetidan 2 million so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 26 iyul kuni aholi turmushini yaxshilash va tadbirkorlar faolligini oshirishga qaratilgan takliflar muhokamasi yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishda aytib o‘tilgan. 

Qayd etilishicha, tadbirkorlik bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi soddalashtirildi, muddatlari qisqartirildi. Yil boshidan buyon 50 mingdan ortiq yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilgan. Aholi sotib olgan uylarning 28 foizi ipoteka kreditlari hisobiga moliyalashtirilgan.

1 sentyabrdan boshlab xususiy sektorda ishlayotgan ayollarga ham davlat byudjetidan 2 million so‘mlik homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lab berish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan. 

Yig‘ilishda aholi va biznesni qiynab kelayotgan muammolar, ular bo‘yicha ilgari surilayotgan taklif va tashabbuslar muhokama qilingan. 

Asosli takliflarni qanoatlantirish, odamlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 25 iyul kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha minimal iste’mol xarajatlaridan kelib chiqib homiladorlik va tug‘ish nafaqalari to‘lanishi belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing