Xushxabarimiz bor – Erdo‘g‘an butun dunyoni katta yangilik kutayotganini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Istanbulda don yo‘lagi yaratish bo‘yicha kelishuv imzolanishiga umid bildirdi va bu voqea jahon hamjamiyati uchun “xushxabar” bo‘lishini ta’kidladi. 

“Tez orada Rossiya va Ukraina vakillari ishtirokida imzolanishiga umid qilayotgan don eksporti shartnomasi jahon hamjamiyati uchun muhim va xushxabar bo‘ladi”, deydi Erdo‘g‘an Istanbulda so‘zlagan nutqida. 

Shartnomani imzolash marosimi mahalliy vaqt bilan soat 16:30da (Toshkent vaqtiga to‘g‘ri keladi) Turkiya prezidentining Istanbuldagi Dolmabaxche saroyida bo‘lib o‘tadi. Unda Turkiya Prezidenti va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirok etadi.

Ayni vaqtda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu rahbarligida rus delegatsiyasi va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov raisligidagi Ukraina delegatsiyasi Istanbulda bo‘lib turibdi.  

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Istanbulda “Don yo‘lagi” yaratish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina harbiy delegatsiyalari hamda BMT vakillari ishtirok etdi. Jahon Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish yig‘ilishdan so‘ng Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz va ishonchli eksportini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashlanganini aytdi.

Joriy yilning 18-19 iyul kunlari Prezidentlar Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an Tehronda o‘tgan "Ostona jarayoni" sammitida yakkama-yakka muloqot qildilar. Anda asosiy mavzu Ukrainada qolayotgan donni xavfsiz olib chiqish bo‘ldi. Tehrondan Turkiyaga qaytgan Rajab Toiyb Erdo‘g‘an "Don yo‘lagi" bo‘yicha yakuniy hujjat shu hafta imzolanishi kutilayotganini aytgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

663

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing