“Xush kelibsiz, janob Rubio!” Saida Mirziyoyeva Samarqandda AQSH Davlat kotibini qarshi oldi
Jamiyat
−
18 Oktyabr 1216 1 daqiqa
Bugun, 18 oktyabr kuni AQSH Davlat kotibi Marko Rubio Samarqand shahriga keldi. Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva uni O‘zbekistonga tashrifi munosabati bilan qutladi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni ko‘hna va navqiron Samarqand zaminida qutlashdan mamnunman. Bu — uning Markaziy Osiyoga ilk tashrifi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Uning bildirishicha, oldinda “C5+1” formatidagi muhim muzokaralar, biznes doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining navbatdagi yig‘ilishi kutmoqda.
“O‘zbekistonga xush kelibsiz, janob Rubio!” deydi Prezident Administratsiyasi rahbari.
.jpg)
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Marko Rubio rafiqasi bilan birga Samarqandga kelgani haqida xabar berilgan edi. Uni Saida Mirziyoyeva bilan birga Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, AQSH Prezidentining maxsus vakili Serjio Gor, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik kutib olgan.
Live
Barchasi