XTV o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlaganiga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
16 may 2022
20046Xalq ta’limi vazirligi Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchisini kaltaklagani yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Vazirlikka ko‘ra, o‘qituvchining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan. Tekshiruv harakatlari Surxondaryo viloyati prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.
“Barcha pedagoglarga bolaga nisbatan kuch ishlatish mumkin emasligini eslatib o‘tmoqchimiz. Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga kuch ishlatish holatini keskin qoralaydi.
Bugungi zamon o‘qituvchilar o‘quvchilar bilan faqat do‘stona munosabat o‘rnatish orqali natijaga erishish mumkinligini taqozo etadi. Har bir o‘quvchi bilan muammoni birgalikda ijobiy hal etish - bugungi kun pedagogining burchi hisoblanadi. Agar do‘stona munosabat orqali natijaga erishishning imkoni bo‘lmasa buni hal etish uchun bolaning ota-onasi yohud uchastka noziri jalb etish to‘g‘ri sanaladi”, deyiladi xabarda.
XTV maktabda bunday holatlarning barcha ko‘rinishlarini bartaraf etib, o‘qituvchilarni bosiqlikka va o‘zaro kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 aprel kuni Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanidagi 4-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi 9-sinf o‘quvchisi dars mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rmasdan kelganligi uchun uni urgan.
LiveBarchasi