XTV xodimi 58 yoshida vafot etdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Vohitovich Rasulov vafot etdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi jamoasi Birinchi bo‘lim mas’ul xodimi Shuhrat Vohitovich Rasulovning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolariga, yaqinlariga va do‘stlariga ta’ziya izhor qiladi”, deyilgan idora xabarida.

Xalq ta’limi vazirligi 1962 yilda tug‘ilgan Shuhrat Rasulovning o‘limi sababini ma’lum qilmagan.

QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Avvalroq, Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Mirodil Mirxodiyevich Qosimov 34 yoshida og‘ir kasallikdan vafot etgani ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat Rasulov

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar