XTV qancha bola maktabga bormay, aravakashlik bilan shug‘ullanayotganini ochiqladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonda qariyb 340 nafar maktab o‘quvchisi bozorlarda savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, 39 nafar o‘quvchi maktabga borish o‘rniga daydilik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirligi, Ichki ishlar hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, shuningdek Yoshlar ishlari agentligi tomonidan butun respublika bo‘ylab maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Tig‘” va “Davomat” tadbirlari o‘tkazilgan. 

Tadbir davomida esa 2 ming 832 nafar o‘quvchi darslarni sababsiz qoldirgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, 2 ming 832 nafar o‘quvchidan: 

•  439 nafari internet-kafeda; 

•  68 nafari tungi internet klubda; 

•  338 nafari bozorlarda savdo-sotiq va aravakashlik; 

•  39 nafari daydilik; 

•  15 nafari dars vaqtida jamoat transportida chiptachilik faoliyati bilan shug‘ullanib yurgan.


Maqola muallifi

Teglar

aravakashlik

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar