XTV 2020 yilgi “Prezident archasi” qanday o‘tkazilishini ma’lum qildi

Jamiyat

image

2020 yilgi “Prezident archasi” tadbirlari COVID-2019 virusi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda bolalar sog‘ligini asrash maqsadida karantin talablariga qat’iy rioya etgan holda tashkil etiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

“Tomosha” bolalar teatr-studiyasi tomonidan tayyorlangan “Prezident archasi” bayram dasturi tomoshabinlarsiz O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan tasvirga olinadi hamda “Bolajon”, “Yoshlar” telekanallari tomonidan tashkil etiladigan Yangi yil telemarafoni doirasida namoyish etiladi. 

Bugungi kunda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3-15 yoshdagi farzandlari uchun 11 000 dona “Prezident sovg‘asi” hozirlanmoqda. Sovg‘alar 28-30 dekabr kunlari barcha hududlarga yetkazib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan vazirlik, idoralar, davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va boshqa xo‘jalik tashkilotlariga turli xil korporativ va ko‘ngilochar bayram tadbirlari tashkil etish taqiqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident archasi

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar