Xotinini bolasining ko‘z o‘ngida yoqib yuborgan er 18 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida xotinini bolacining ko‘z o‘ngida benzin sepib, yoqib yuborgan erkak 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi. QALAMPIR.UZ sud hukmi bilan tanishdi.
 
Hukmga ko‘ra, joriy yilning 15 yanvar kuni sudlanuvchi 42 yoshli Sh.B. mast holda soat taxminan 20:00 da turmush o‘rtog‘i N.S. va o‘g‘li K.Q. vaqtinchalik ijara shartnomasi asosida yashab kelayotgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumani “Muhandislar” MFYdagi uyga o‘zi bilan 2 litr benzin olib borgan. Shundan so‘ng Sh.B. xonadonning oshxonasiga N.S. ni olib kirib, uning tanasi va oshxonaga benzinni sepib, o‘t qo‘yib yuborgan. Ular oilaviy kelishmovchilik ortidan 2024 yilning dekabridan buyon alohida yashab kelayotgan bo‘lgan. 

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasida N.S. da alangadan boshi, yuzi, bo‘yni, ikki quloq suprasi tanasi, ikki qo‘li, ikki dumbasi va ikki oyog‘ini 2-3-darajali 75 foiz tana yuzasining termik kuyishi, termoingalyatsion jarohat 1-2-daraja, frank indeksi – 185 birlik, shok 3-daraja kabi tan jarohatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu tan jarohatlari hayot uchun xavfli bo‘lgan va shu belgisiga ko‘ra og‘ir tan jarohatlari toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.

Tez tibbiy yordam xodimlari orqali N.S. olgan tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam markaziga yotqizilib, shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali tibbiy muolajalar natijasida uning hayoti saqlab qolingan.

Joriy yilning 17 iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sud hukmi bilan Sh.B. Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismining “d,j” bandlari va 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan. U Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash) tartibida tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui tariqasida uzil-kesil o‘tashi uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Va jazoni umumiy tartibli koloniyalarida o‘tashi belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ikkinchi xotinining voyaga yetmagan 11 yashar qizini muntazam zo‘rlab kelgan 5 nafar bolaning otasi bo‘lgan 31 yoshli erkak 16 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qasddan odam o'ldirish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing