Xorijiy telekanallar vaqtinchalik uzilishi mumkin
Jamiyat
−
15 aprel 2020
9770Sun’iy yo‘ldoshlarga telekanallar signallarini yetkazib beruvchi qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 15 aprel kuni soat 02:00 dan 12:00 ga qadar sun’iy yo‘ldoshlarga telekanallar signallarini yetkazib beruvchi qurilmalarda rejali profilaktika ishlari olib boriladi.
Shu munosabat bilan jami 44 tagacha xorijiy telekanallarda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu UzDigital TV MCHJ hamda O’zbekiston Kabel Televideniyasi MCHJ orqali barcha kabel va IP-televideniye tarmoqlarida retranslyatsiya qilinadigan telekanallarga aloqador.
LiveBarchasi