Xorijdan o‘qishni ko‘chirishning yangi tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Adliya vazirligi joriy yil 15 iyuldan talabalar o‘qishini ko‘chirishning yangi tartibi haqida ma’lum qildi. U bir qator bosqichlardan iborat.

O‘qishni ko‘chirish jarayonlarining tartibi quyidagicha:

  • o‘qishni xorijiy davlatlardagi (xalqaro 1 000 talik ro‘yxatga kirgan) oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh yo‘nalishlariga ko‘chirishda:
  • alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha test o‘tkaziladi;
  • test va kasbiy imtihonlar bo‘yicha o‘tish ballari joriy yil 25 iyulgacha, keyinchalik har yili 15 iyulgacha belgilanadi hamda OAVda e’lon qilinadi;
  • o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
  • test va kasbiy imtihonlar natijalari DTM hamda OTMning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi.

Qayd etilishicha, o‘qishni xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim tashkilotlaridan O‘zbekistondagi davlat OTMning mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1104

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing