Xorijdan keltiriladigan ozuqa ekish va o‘rish texnikalari bojxona bojidan ozod qilinadi

Jamiyat

image

Endi chetdan olib kelinadigan ozuqa ekish va o‘rish texnikalari bojxona bojlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi. Bu haqda bugun, 16 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.

Prezidentga ko‘ra, chorva komplekslarini kengaytirish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun 120 million dollar mablag‘ kredit resursi sifatida yo‘naltiriladi. 

Shuningdek, chetdan olib kelinadigan ozuqa ekish va o‘rish texnikalari bojxona bojlaridan 3 yil muddatga ozod etiladi hamda ularga qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kungacha kechiktirib to‘lash tartibi joriy etiladi (bu texnikani 20 foizga arzon sotib olish imkonini beradi).

Kredit va lizingga olinadigan qishloq xo‘jaligi texnikalari foiz xarajatining 10 foizdan ortiq qismi qoplab beriladi hamda chorva bosh soniga mutanosib ravishda ozuqa yerlari ajratiladi.

Yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev tomonidan yil yakuniga qadar 105 ta, kelgusi yilda 130 ta paxta va g‘alla klasterlarining har birida kamida 500 va 1 ming boshli chorva komplekslarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing