Xorijdagi fuqarolar qanday qaytariladi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini qayta tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 10 iyulidan 1 avgustiga qadar respublika miqyosida karantin cheklovlari qaytadan kuchaytirilmoqda. 

Kuchaytirilgan karantin tartibi sharoitida faqatgina Respublika maxsus komissiyasi tomonidan tasdiqlangan parvozlar jadvaliga muvofiq, xorijiy davlatlardagi fuqarolarni vatanga olib kelish bo‘yicha repatriatsion reyslar bajariladi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot kotibi Navruz Ashurmatov ma’lum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, chegara punktlaridan fuqarolarni karantin hududlariga yetkazish uchun avtobus tashuvlari amalga oshiriladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan “sariq” va “yashil” toifaga kiritilgan mamlakatlardan charter reyslari kelib tushgan arizalarga muvofiq tashkil etiladi;

Xorijiy mamlakatlar “yashil” va “sariq”qa quyidagicha tasniflangan

•    sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan (yashil reyslar) — Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan);

•    koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Yevropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo‘lib turgan).
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

349

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing