Xorijda vafot etgan qancha o‘zbekistonlikning jasadi olib kelingani ochiqlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijda vafot etgan 361 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyas agentligi xabar berdi.

Agentlik tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 7 ming 992 nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 288 ming 352 nafariga maslahat xizmatlari, 6 ming 194 nafariga ijtimoiy yordam, 10 ming 951 nafariga moddiy yordam ko‘rsatilgan.

Shuningdek, 5 ming 984 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilgan. 308 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan bo‘lsa, xorijda qiyin ahvolda qolgan 408 nafar fuqaro qaytarilgan.

Xorijda  vafot etgan 361 nafar fuqaro jasadi olib kelingan va og‘ir tan jarohati olgan 12 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.

Bundan tashqari, mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 892,1 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

273

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing