Xorazmlik ayol is gaz chaqnashi tufayli shifoxonaga yotqizildi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
3215Xorazm viloyatida gaz sizib chiqishi oqibatida ayol kishi jarohat oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil 12 dekabr kunduz soat taxminan 08:30larda Xorazm viloyati, Yangibozor tumanida “Xalqobod” mahallasida yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan M.Ya ismli ayol uyi oshxonasidagi gaz plitasini gugurt bilan yoqqan.
Natijada, gaz hisoblagichidan sizib chiqib, xonaga to‘planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
Oqibatda, ayol kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi