Xorazmlik 33 yoshli ayol eri uchun bir buyragidan voz kechdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining mutaxassislari tomonidan markazning Xorazm viloyat filialida xorazmlik shifokorlar bilan birgalikda buyrak transplantatsiyasi amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, tibbiyot fanlari doktori Farhod Xojiboyev rahbarlik qilgan amaliyot jarayonlari qariyb besh soat davom  etgan. Bog‘otlik 33 yashar Yulduz Ro‘zmetova o‘z turmush o‘rtog‘i 36 yashar Mardon Polvonovga bir buyragini bergan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi. 

“Turmush o‘rtog‘im bir yildan buyon gemodializ muolajasi olib keladi. Tumanimiz viloyat markaziga uzoqligi bizga ancha noqulaylik tug‘dirardi. Hatto, xorijga borib davolatishga ham rozi edik. Dunyoda falon pul turadigan amaliyot viloyatimizning o‘zida bepul amalga oshirilganidan xursandmiz”, deydi Yulduz Ro‘zmetova.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

210

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing