Xorazmga yangi prokuror tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 fevral kuni Murodxon Musoxonovich Ahmedov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu yangilik Xorazm viloyatida sektorlar, huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat tashkilotlari rahbarlari ishtirokidagi yig‘ilishda ma’lum qilingan. Tayinlovga qadar Murodxon Ahmedov Farg‘ona viloyati prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev hamda Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Jo‘rabek Rahimov ham qatnashgan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev so‘zga chiqib, viloyatda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikka qarshi kurash borasida amalga oshirilgan ishlar xususida to‘xtalib, kelgusidagi ishlarni belgilab bergan.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing