Xorazmdagi choyxonada bir oilaning uch a’zosi is gazidan zaharlanib halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Xorazmda bir oilaning besh a’zosi is gazidan zaharlandi. Ularning uch nafari halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yil 20 fevral kuni soat 17:40 larda Xorazm viloyatining Shovot tumani, Shovot mahallasida joylashgan “Ortiq ota” nomli choyxonada, egasi fuqaro K.O., uning turmush o‘rtog‘i I.S., hamda farzandlari Z.O., O.O., va X.O. choyxonaning oshxonasida joylashgan gaz o‘chog‘idan gaz sizib chiqishi natijasida is gazidan zaharlanganlar.

Natijada K.O., turmush o‘rtog‘i I.S., va farzandi X.O., hodisa joyida vafot etishgan, ikki nafar farzandi Z.O., va O.O. kuchli zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

136

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing