Xorazmda “zamhokim” pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari 12 ming AQSH dollari pora bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Hazorasp tuman hokimining o‘rinbosari U.A. mansab mavqeidan foydalanib “Qirtepa” mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasida bo‘lgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun fuqaro I.ga ajratib bermoqchi bo‘lgan. 

Buning evaziga undan 12 ming dollari pora talab qilgan. Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi va DXXning Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari U.A.ni kelishilgan pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlagan.

Xabarga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

468

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing