Xorazmda yangi tuman tashkil etiladi
Jamiyat
−
23 mart 2020
16537O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar qator qonun loyihalari bilan bir qatorda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan mazkur masala ushbu hududda boshqaruv hamda aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.
Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A.Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq” “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahallalar hududlari tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Pitnak shahri esa, Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilanmoqda.
O‘z navbatida, chegarasi o‘zgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.
Deputatlarning fikricha, bu o‘zgarishlar hududda qishloq xo‘jaligi, ayniqsa, chorvachilikni rivojlantirishga, aholi bandligini ta’minlashga, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada taraqqiy ettirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
LiveBarchasi