Xorazmda vaksina olib, ko‘zi ko‘rmay qolgan ayol bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi
3-sahifa
−
28 avgust 2021
50376Avvalroq, Xorazmda o‘zbek-xitoy vaksinasini olgan ayolning ko‘zi ko‘rmay qolgani haqida videolavha tarqalgan edi. Holat yuzasidan Xorazm viloyat prokuraturasi Matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, kecha, 27 avgust kuni soat 10:00 da Urganch shahrida yashovchi 30 yoshli fuqaro Yo.S. 1-son oilaviy poliklinikada shifokor ko‘rigidan o‘tkazilib, emlashga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagandan keyin ZF-UZ-VAC 202108110 vaksinasi bilan emlangan.
Shu kuni soat 21:17 da Yo.S. holsizlanib, qo‘l-oyog‘i tortishishi va nafas qisishi oqibatida tez tibbiy yordam chaqirgan. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining viloyat filialida unga zarur dastlabki yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan mazkur holat nazoratga olingan, hozirda tegishli mutaxassislar jalb qilingan holda tergovoldi tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi