Xorazmda Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish uchun ketayotgan ayol qo‘lga olindi
3-sahifa
−
10 noyabr 2022
6993Xorazmda terroristik tashkilot safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 23 yoshli ayol ushlandi. U Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan. Bu haqda o‘zA xabar berdi.
Xorazm viloyatida yashovchi 23 yoshli A.S. internetdan foydalanishi davomida Suriyadagi xalqaro terroristik tashkiloti “jangari”larining ta’siriga tushib, ularning safiga chiqib ketayotgan vaqtda viloyat huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, A.S. o‘zining tanishlariga diniy da’vatlar qilib, internet orqali ularga “jangari”larning qo‘poruvchilik faoliyati aks etgan videoroliklarni tarqatib kelgan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hibsga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
LiveBarchasi