Xorazmda sport maktabi binosini ta’mirlashga ajratilgan mablag‘ talon-toroj qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabi binosini ta’mirlashda talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shko‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat o‘lchovida, “A.G’.” xususiy korxona va maktab mansabdor shaxslari hisob-fakturalarga amalda bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish orqali 396,2 mln so‘m byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan mansabdor shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing