Xorazmda saksovulfurushlarni ta’qib qilgan inspektorlar ayovsiz kaltaklandi
3-sahifa
−
17 iyul 19344 2 daqiqa
Joriy yilning 15 iyul kuni noqonuniy ravishda saksovul kesgan fuqarolarni ta’qib qilgan inspektorlarga tan jarohati yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Peshku tumanining “Safron” cho‘l massivida reyd tadbiri o‘tkazilgan. Tadbirga viloyat ekologiya boshqarmasi inspeksiya boshlig‘i J.Toshev boshchiligidagi ekologik nazorat inspeksiyasi xodimlari A.Qurbonov, B.Ro‘ziyev, J.Yadgarov, F.Murodov, N.Muhammadiyev va O.Hesenovlar jalb etilgan.
Reyd davomida inspektorlar Xorazm viloyatida yashovchi fuqarolar (shaxsi noma’lum) ZIL rusumli yuk mashinasi bilan cho‘l massivi hududidan noqonuniy ravishda saksovul o‘simligini kesib, yuk mashinasiga ortgan holda cho‘lning ichki yo‘li orqali ketayotganini ko‘rib qolgan va boshqarmaga tegishli JAK rusumli avtomashina bilan yuk mashinasini ta’qib qilingan.
Kuzatuv davomida taxminan 110 km masofadan so‘ng yuk mashinasi G‘uzor–Buxoro–Nukus A-380 avtomobil yo‘lining Buxoro viloyatidan Xorazm viloyati yo‘liga chiqib, harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng, inspektorlardan biri avtomobil yo‘li bo‘ylab 5 km masofadan so‘ng boshqarma inspeksiya xodimlarini orqadan kelayotgan boshqa avtomashinalarni nazorat qilish uchun tushirib, o‘zi ZIL rusumli yuk mashinasining ortidan kuzatuvni davom ettirgan. U yuk mashinasidan o‘tib ketganida taxminan 200 metr masofada Xorazm viloyatiga tegishli davlat raqami bo‘lgan oq rangli Isuzu rusumli yuk mashinasi yo‘lini to‘sgan. Mashinadan notanish fuqarolar qo‘lida har xil turdagi sovuq qurollar (bita, armatura, temir truba) bilan tushib kelib, boshqarmaning avtomashinasini urib, pachoq qilgan hamda inspeksiya boshlig‘ini har xil nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlagan. Shundan so‘ng inspektor voqea joyidan ketgan.
Bundan tashqari, huquqbuzarlar boshqarma inspeksiya xodimlari N.Muhammadiyev va O.Hesenovlarni yuz va tana qismlarining barcha sohasiga urib, turli xil og‘ir tan jarohatlari yetkazgan (N.Muhammadiyevning oyog‘i singan). Keyin ularni yuk mashinasining bortiga yuklab, o‘zlari bilan olib ketayotgan vaqtda inspektorlar harakatlanib turgan yuk mashinasining orqa bort qismidan o‘zlarini tashlab, qochishga ulgurgan.
Bildirilishicha, ayni damda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Tuproqqal’a tuman prokuraturasi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho‘l hududlaridan saksovul o‘simliklari sindirib olib ketilayotgani aniqlangandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr