Xorazmda pul evaziga “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat
−
21 may 2021
3040Xorazm viloyatida fuqarolarga pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan IIB viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.M. haydovchilarni tayyorlashga ixtisoslashgan “X.” MCHJ o‘qituvchisi S.I. va boshqalar bilan oldindan til biriktirgani aniqlangan.
Ular 4 nafar fuqaroga avtomobil boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomalarini olib berish evaziga 750 AQSH dollari va 500 ming so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi