Xorazmda onasi bilan ijarada turgan qizga uy egasi shilqimlik qildi
3-sahifa
−
30 aprel 2023 16776 1 daqiqa
Xorazm viloyatida ijarada yashovchi ayolning qiziga nisbatan shilqimlik sodir etildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 28 aprel kuni Yangiariq tumanida ijarada yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaro M.M. ijtimoiy tarmoq orqali murojaat yo‘llab, unda o‘zi ijarada yashab kelayotgan xonadon egasi tomonidan qiziga nisbatan shilqimlik sodir etilganligini aytgan va mazkur holat yuzasidan yordam berishlarini so‘ragan.
Hozirda holat yuzasidan murojaat muallifi M.M.ning Yangiariq tumani IIB tergov-tezkor guruhi va IIB Xotin-qizlar qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyev shu yilning 11 aprel kuni imzolagan qonunga ko‘ra, shaxsga shilqimlik qilish harakatlari uchun 1,5 mln so‘mgacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq jazosi belgilangan.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust