Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Xorazmda mingdan ortiq odamni aldagan “treyder” ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyatida mingdan ortiq kishini pulini ko‘paytirib berishni va’da qilib, aldagan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Hudud” informatsion dasturida xabar berildi.

Bildirilishicha, Xorazm viloyatida Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazining hududiy bo‘linmalari tomonidan soxta treyderlik faoliyati bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olingan.

“Bundan bir necha kun oldin meni bitta Telegram-kanalga a’zo qilib qo‘yishdi. Treyding orqali pulni bir baravar ko‘paytirish haqida ma’lumotlar bor edi. Pulimni bir baravar ko‘paytirib olish maqsadida 20 million so‘m pulni tashlab berdim. Oradan bir soatcha o‘tgandan keyin esa meni bloklab qo‘yishdi”, deydi jabrlanuvchilardan biri. 

Qayd etilishicha, uning yashash manzili ko‘zdan kechirilgan paytda 10 dan ortiq planshet, 96 ta uyali aloqa vositalari, 1171 bank kartalari hamda 343 ta mobil aloqa operatorlarining sim-kartalari topilgan. Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik taniqli san’atkor Dilfuza Ismoilova o‘zi qatnashadigan “gap”da tanishgan ayolning gaplariga ishonib, 80 ming dollarga chuv tushgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Xorazm treyder

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing