Xorazmda Milliy gvardiya markazi boshlig‘i pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Xorazmda mahalliy fuqaroni ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan Milliy gvardiya markazi boshlig‘i pora bilan ushlandi.

Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Milliy gvardiya Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi Shovot tumani qo‘riqlash bo‘limi texnik qo‘riqlash markazi boshlig‘i firibgarlik yo‘li bilan 1400 dollar hamda 1,2 million so‘m pullarni olgan vaqtida ushlangan.

Aniqlanishicha, u mahalliy fuqaroni Milliy Gvardiya tizimiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan.

Shuningdek, DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurarshish departamentining shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokatlik byurosi advokati  firibgarlik yo‘li bilan fuqarodan 5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, advokat o‘zining Oliy sudda ishlovchi tanishlari orqali fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2023 yil oktyabr oyidagi hal qiluv qarorini sudning appellyatsiya instansiyasi jarayonida fuqaro (sudlanuvchi) foydasiga o‘zgarishsiz qoldirish masalasini hal qilib berishni va’da qilgan.

Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa o‘zini ichki ishlar idoralari xodimi deb tanishtirgan shaxs mahalliy fuqarodan uning tanishiga nisbatan IIO tomonidan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan mazkur shaxsni tergov hibsxonasidan chiqarish va unga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini harakatdan tugatishni hal qilib berish evaziga 10 ming dollar talab qilgan. 

Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs oldindan pullarning 2 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent pora DXX Xorazm Milliy gvardiya Buxoro Oliy sud IIO sudlanuvchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing