Xorazmda qaynota kelinini pichoqlab o‘ldirdi
3-sahifa
−
26 may 2023
16696Xorazm viloyatida qaynota 33 yoshli kelinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar qildi.
Joriy yilning 21 may kuni soat 21:10 larda Shovot tumani “Paxtakor” mahallasida 1961 yilda tug‘ilgan qaynota va 33 yoshli kelin o‘rtasida o‘zaro janjal kelib chiqqan. Janjal oqibatida qaynota oshxona pichog‘i bilan kelinining ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Shundan so‘ng, kelin voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan qaynotaga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda uka akasini qasddan pichoqlab o‘ldirgandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr