Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga qo‘shimcha 400 mlrd so‘m ajratiladi 

Jamiyat

image

Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga bu yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha 400 milliard so‘m ajratiladi. Bu haqda bugun, 31 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida aytib o‘tildi.

Qayd etilishicha, ushbu sessiyada ijtimoiy sohani rivojlantirish, maktab va bog‘chalar barpo etish, aholini uy-joy va ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Prezident maktablarda sanitariya holatini yaxshilash, chet tili va kasbga o‘rgatish xonalarini tashkil qilish hamda 12 ta tumanda IT park ochish tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Ma’lum qilinishicha, Xorazmda ijtimoiy muammolarni hal qilishga bu yilgi davlat dasturlarida ko‘zda tutilgan 1,5 trillion so‘mga qo‘shimcha 400 milliard so‘m ajratiladi. Bundan tashqari, agrar soha, ichimlik suvi va tadbirkorlik loyihalariga yana 475 million dollar jalb qilish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Shuningdek, sessiyada davlat rahbari tomonidan barcha chora-tadbirlar orqali 365 ming aholini daromadli mehnat bilan ta’minlab, Xorazmni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish vazifasi qo‘yilgan.

“Bugun sizlar bilan aholi hayotiga daxldor barcha masalalarga to‘xtalib, zarur mablag‘lar ajratdik, viloyatga yangi hokim tasdiqladik. Endigi vazifa – butun Xorazm eli hokim atrofida jipslashib, mutasaddilar fidoyi va halol bo‘lib, bugun aytilgan reja va tashabbuslarni hayotga, aholi turmush tarziga ko‘chirishi kerak”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm sessiya ijtimoiy muammolar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing