Xorazmda fuqaroni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan shaxslar qo‘lga olindi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Xorazmda bir fuqaroni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, M.A. va M.S. fuqaro Z.N.ni 500 AQSH dollari evaziga Turkiya davlatiga fohishalik bilan shug‘ullanishga yuborishga kelishib olgan.

Ular “B.A.” ismli shaxs orqali Z.N.ga aviachipta olib bergan. Shundan so‘ng, ular chipta pullarini ishlab pul topgandan keyin hisob-kitob qilish sharti bilan uni Urganch aeroportidan Turkiyaga yuborayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing