Xorazmda er-xotin is gazidan halok bo‘ldi

Jamiyat 2165
image

Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida er-xotin uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 6 fevral kuni soat 04:10 larda Bog‘ot tumani, “Sohibkor” mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug‘ilgan G.Q. va uning turmush o‘rtog‘i, 1977 yilda tug‘ilgan E.B. yashash uyining yuvinish xonasida is gazidan zaharlanib, hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 52
Reyting: 2.9
Teglar
t
×