Xorazmda DSI xodimi ushlandi
3-sahifa
−
17 fevral 2022 12842 1 daqiqa
Xorazm viloyatida byudjetga qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlarini kamaytirib berish evaziga pora olgan xodim qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Xonqa tuman Davlat soliq inspeksiyasi xodimi A.X. tadbirkorlik sub’ektida o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasiga ko‘ra, byudjetga qo‘shimcha hisoblangan soliq to‘lovlarini kamaytirib berish evaziga undan 5 000 (besh ming) AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shunga asosan, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 211-moddasi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda, jinoyat ishining tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel