Xorazmda 82 yoshli fuqaro kanalga tushib ketdi
Jamiyat
−
08 iyul 2021
4521Kecha, 7 iyul kuni Xorazm viloyati Shovot tumanida 82 yoshli fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida “Qiyot” mahallasidan oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketdi. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ushbu hududda profilaktik tadbirlarni olib borayotgan tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori hodisani ko‘rib qolib, darhol qutqaruv ishlarini amalga oshirgan. Fuqaro suvdan olib chiqilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ma’lumot o‘rnida, bu Xorazmda kanalga tushib, cho‘kib ketish hodisalarining birinchisi emas. Joriy yilning 29 iyun kuni Xorazmda 16 yoshli bola cho‘kib ketgandi. Hodisa Urganch shahridagi “Jaloliddin Manguberdi” istirohat bog‘i yonidagi “Shovot” kanalida 29 iyun kuni taxminan soat 17:00 larda sodir bo‘lgan.
Keyinchalik, u o‘rtoqlari bilan o‘quv kurslaridan qaytayotgan vaqtda kanalga cho‘milish maqsadida tushganida cho‘kib ketgani aniqlangan.
LiveBarchasi