Xorazmda 50 dona noyob hayvon shoxlarini olib ketmoqchi bo‘lganlar ushlandi

3-sahifa

image

Xorazm viloyati Urganch tumanida 50 dona bug‘u va jayron shoxlarini olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazgan. Tadbirda tumanda joylashgan buyum bozorining yuk avtomashinalari avtoturargohida fuqaro J.M. boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Fuqarolar R.N., R.E., X.H., G‘.A. hamda G‘.E.larga tegishli bo‘lgan jami 7 ta polietilen qopda 47 dona bug‘u va 3 dona jayron shoxlari borligi aniqlandi.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, bug‘u va jayronlar noyob hayvonlar hisoblanib, ularning tana a’zolari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil ro‘yxati”ga kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Kontrabanda noyob hayvon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing