Xorazmda 18 yoshli yigit Tico bilan ag‘darilib, vafot etdi (video)
3-sahifa
−
18 iyun
5693Kecha, 17 iyun kuni Xorazm viloyatida 2007 yilda tug‘ilgan o‘smir yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, taxminan soat 01:45 larda Bog‘ot tumani hududida o‘tgan yo‘lda 2007 yilda tug‘ilgan va haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan, ushbu tumanda yashovchi N.Sh. o‘z boshqaruvidagi Tico avtomashinasida tezlikni oshirib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga chiqib ketib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Hodisa oqibatida Tico haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Bog‘ot tumani Ichki ishlar bo‘limi tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etgani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi