Xorazmda hokimlik yerini 6 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
Jamiyat
−
15 aprel 2021
3296Xorazm viloyati Hazorasp tumanida hokimlik zaxirasidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan “firibgarlar” ushlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. va N.X noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro P.ning ishonchiga kirib, unga turar joy qurishi uchun hokimlik zaxirasida bo‘lgan 6 sotix yer uchastkasini firibgarlik yo‘li bilan sotishni rejalashtirib, evaziga oldindan kelishilgan 6 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan S.X. va N.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi