Xorazm viloyati soliq boshqarmasiga yangi boshliq tayinlandi
Jamiyat
−
20 Iyun 2023 11087 1 daqiqa
Shuhrat Saidov Xorazm viloyati soliq boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Ma’lum qilinishcha, bugun, 20 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoyishi bilan Shuhrat Voisjonovich Saidov Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi Xorazm viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangan.
Ma’lumot uchun, tayinlovga qadar Urganch tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr