Xorazm viloyati IIBga yangi rahbar tayinlandi 

Jamiyat

image

Polkovnik Ravshan Erkinovich Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Malum qilinishicha, bugun, 16 avgust kuni Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Ravshan Sultonxo‘jayev Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. 

Sultonxo‘jayev 2021 yilning may oyidan bugunga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagangan. Undan oldin esa Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Azizbek Ikromovni Muhiddin Jo‘rayevning o‘rniga Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlagan edi. Shuningdek, joriy yilning 8 avgust kuni Davron Abitovich Nazarmuhamedov O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimini egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing