Xorazm va Jizzaxda pul evaziga “prava” olib bermoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Xorazm va Jizzax viloyatlarida haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.B. 5 nafar fuqaroga go‘yoki viloyat YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomalarini olib berishi evaziga fuqaro S.M.dan 2400 dollar va 1,2 mln so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Jizzax viloyatidagi holatda esa fuqaro S.J. fuqaro F.B.ga o‘zini Jizzax shahridagi “D.Sh.” MCHJ avtomaktabi instruktori deb tanishtirib, unga “B”, “S” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 1700 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy, Farg‘ona va Samarqandda imtihonsiz haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilganlar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

haydovchilik guvohnomalari Xorazm va Jizzax

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar