Xorazm va Surxondaryoda elektr stansiyalari quriladi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi hamda Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining PQ-5193 va PQ-5195 sonli qarorlarida belgilandi.

PQ-5193 sonli “Surxondaryo viloyatida quvvati 1 500-1 600 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan “Stone City Energy” kompaniyasi (Niderlandiya) kompaniyasi 1,2 mlrd dollarga teng bo‘lgan stansiyani 25 yil davomida qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida “SCE Quvvat” MCHJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u 30 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.

PQ-5195 sonli “Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan “Hidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş.” (Turkiya Respublikasi) kompaniyasi Xorazm viloyatida 25 yil davomida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshiradi. 

Loyihani amalga oshirish maqsadida "Odaş Enerji SA" MCHJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan. Qurilish davridagi o‘z majburiyatlari lozim darajada bajarilishining ta’minoti sifatida u 1,3 mln dollar miqdorida bank kafolatini taqdim etadi.

Hujjatlar bilan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va loyiha kompaniyalari o‘rtasida investitsiya loyihalari doirasida Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim ham ma’qullangan, ularga muvofiq:

•    loyiha kompaniyalari ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ timsolida yagona xaridorga sotish majburiyatini olgan;
•    "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini oladi va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshiradi;
•    "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ elektr energiyasini 3 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida loyiha kompaniyalari foydasiga chet el valyutasida imtiyozli, qoplanmaydigan shartsiz bank kafolati taqdim etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing