Xorazm Ekologiya boshqarmasi xodimlari o‘rdak ovlagani aytilmoqda
3-sahifa
−
08 yanvar 2023
11124Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Ekologiya boshqarmasi xodimlarining ov jarayonida aks etgan suratlari tarqaldi. Holat yuzasidan Davlat ekologiya boshqarmasi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, suratdagi shaxslar ekoboshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Jamoliddin Sobirov hamda tuman boshliqlari Navro‘z Allaberganov va Izzat Qo‘chqorov.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlanib, tegishli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
“Xizmat tekshiruvi natijasi bo‘yicha Tabiat resurslari vazirligi tomonidan qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.
Avvalroq, Buxoro viloyatida yovvoyi g‘ozlar o‘ldirilib, yo‘l bo‘yiga osib qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi