Xonoboddan Mo‘ynoqqacha piyoda chiqqan yo‘lovchi 97 kunda Xorazmga keldi

Bu qiziq

image

Shu yilning 1 iyul kunida Andijon viloyatining Xonobod shahridan Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga piyoda yo‘lga chiqqan fuqaro Sohib Rajabov oradan 3 oy o‘tib 97 kunda Xorazm viloyatiga yetib keldi. 

Sohib Rajabovning 2 ming 200 kilometr masofani tashkil qiladigan marshrut bo‘ylab yurishidan maqsad O‘zbekistonning qanchalik xavfsiz davlat ekanini isbotlash va mamlakatning turistik salohiyatini ko‘rsatishdir.

U Urganch ko‘chalarini suratga olib o‘z kanaliga joylamoqda.

Sohib Rajabov hozirda Urganch shahridagi oilaviy mehmon uyiga tashrif buyurgan va o‘z taassurotlarini haqida shunday yozgan:  “Shuning uchun oilaviy mehmonxona. Butun oila yig‘ilgan. Meni juda yaxshi kutib olishdi, suhbatlashdi, safarim taassurotlari haqida gaplashdi !!! Rahmat do‘stlar !!!“

 Sohib Rajabov Xorazmda bir necha kun bo‘lib viloyatning sayyohlik manzillariga safarini davom ettiradi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Xonoboddan Muynnoqqacha piyoda yo'lga chiqqan

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar