Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumani chegaralari nega o‘zgaradi?

Jamiyat

image

Kecha, 30 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida qator muhim masalalar muhokama etildi. Xususan, deputatlar “Andijon viloyatining Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasini ko‘rib chiqdilar.

Hozirgi kunda Xonobod shahri hududi kichikligi sababli, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlarini barpo etishga yetarlicha imkon bermayatti. Shu bois shahar chegaralarini belgilash va kengaytirish uchun Xonobod shahrining “Bosh rejasi”ga muvofiq, Qo‘rg‘ontepa tumanining Sultonobod, Xonobod, Sharof Rashidov, Avazmatov massivlari o‘ramidan hamda tuman zaxirasida bo‘lgan yer maydonlardan jami 1284,6 gektar yer maydonlari Xonobod shahar zaxirasiga qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Xonobod shahriga 1972 yilda asos solingan bo‘lib, aholisi 41 ming kishini, umumiy yer maydoni esa, 23 kilometr kvadratni tashkil etadi. Qo‘rg‘ontepa tumaniga esa, 1929 yilda asos solingan bo‘lib, aholisi 210,7 ming kishini, umumiy yer maydoni 475,2 kilometr kvadratni tashkil etadi.

Xonobod shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda turizmni taraqqiy ettirish maqsadida shahar balansiga o‘tkaziladigan Sharof Rashidof massividan “Lv Yuan Agriculture” xorijiy korxonasiga 127,0 gektar mevali bog‘lar va poliz ekinlariga, 10,0 gektar yer maydonida zamonaviy “Akva park” dam olish maskanlari qurilishiga, issiqxona va tut plantatsiyalari tashkil etish, “Avazmatov” massividagi adirlik qismida joylashgan bo‘sh turgan 130,0 gektar yer maydoniga bodomzorlar barpo qilish uchun jami 277,0 gektar yer maydoni ajratilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 9,0 mln. AQSH dollar bo‘lib, ularning amalga oshirilishi natijasida 150 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, Xonobod shahrida 492,0 gektar yer maydonida dam olish maskanlari, mehmonxona va kempinglar qurilishi, 21,0 gektar yer maydonida sport inshootlari, 145,36 gektar yer joyda ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish va 324,2 gektar yerda boshqa zarur muhandislik ob’ektlari qurilishlari ko‘zda tutilmoqda.

Mazkur qarorning qabul qilinishi bilan amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan loyihalar va tadbirlar natijasida shaharning sanoat, xizmat ko‘rsatish sohalarida barqaror o‘sish sur’atlari hamda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy soha infratuzilmasini kompleks rivojlantirish, mavjud mehnat resurslaridan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

Ana shulardan kelib chiqib, muhokamalar yakunida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari mazkur qaror loyihasini bir ovozdan ma’qulladilar.


Maqola muallifi

Teglar

Xonobod Qo'rg'ontepa

Baholaganlar

58

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing