Xonasiga tashlab ketilgan 5 ming dollarni olmagan mansabdor rag‘batlantirildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xonasiga 5000 AQSH dollari tashlab ketildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 16 avgust kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘ining xizmat xonasida noma’lum shaxs tomonidan fayl papka qoldirib ketilgan. Xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning ichida 5000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘i borligi aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha zudlik bilan viloyat boshqarma boshlig‘i va boshqa mas’ul xodimlar guvohligida dalolatnoma rasmiylashtirilgan hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha zarur ishlar amalga oshirilgan.

“Mavjud vaziyat Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning shaxsan nazoratiga olindi hamda holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rnatilgan tartibda xabardor qilindi. Ayni vaqtda zarur surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Nazokat Urazova halolligi uchun vazirning tegishli buyrug‘i asosida lavozim maoshining 3 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga ko‘ra, pora olish-berish bilan bog‘liq harakatlar jinoyat hisoblanib, o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xona 5 ming dollar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar