Xonanda va diktor Shuhrat Qayumov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
22 sentabr 2020 100915 1 daqiqa
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuhrat Qayumov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Xonanda 1969 yilda Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan.
1991 yilda O‘zbekiston davlat san’at institutini tamomlagan.
1992 yildan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi diktori bo‘lib ishlab kelayotgan edi.
Uning vafotiga nima sabab bo‘lgani hozircha aniq emas. Manbalarning qayd etishicha, xonandaning vafotiga yurak-qon tomir xastaliklari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
QALAMPIR.UZ tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga hamdardlik bildiradi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust