Xonanda Rahmatillo Yusupov vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
28 dekabr 11811 1 daqiqa
Xonanda Rahmatillo Yusupov kecha, 27 dekabr kuni 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda san’atkorni tanigan faollar ijtimoiy tarmoqlarda yozmoqda.
Rahmatillo Yusupov 1981 yil 15 sentyabr kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida dunyoga kelgandi. U bolaligidan taniqli xonanda Oxunjon Madaliyevga shogird tushgan, uslubi va imijiga ergashgan. Shuning uchun ham Rahmatillo Yusupovni “ikkinchi Oxunjon Madaliyev” deb atashgan.
San’atkor 100 dan ortiq qo‘shiqlar muallifi bo‘lgan. Uning “Ketgim kelmayapti onajon”, “Kelinchak” kabi qo‘shiqlari xalq orasida ayniqsa mashhur.
Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr kuni Tashqi ishlar vazirligi tizimida uzoq yillar davomida sidqidildan xizmat qilgan Omonjon Nigmanovning vafot etgandi
Live
Barchasi