Xonadon ijarasi e’lonlari bilan fuqarolarni chuv tushirgan firibgar aniqlandi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarning birida xonadon ijarasi bilan shug‘ullanib kelgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberxavfsizik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro internet platformalaridan birida xonadon ijarasi to‘g‘risidagi e’lon bo‘yicha noma’lum shaxsga 560 000 so‘m miqdorda pullarni o‘tkazib bergan. Shundan so‘ng platformadagi e’lon yo‘qolib qolgan. Jabrlanuvchi firibgarga uchraganini tushunib, noma’lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o‘zlashtirgan shaxs Xorazm viloyati Yangiariq tumanida yashovchi 21 yoshli fuqaro ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, ayblanuvchi firibgarlik yo‘li bilan boshqa bir nechta fuqarolarni aldab, pullarini o‘zlashtirgani va shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani ma’lum bo‘lgan.

“Mazkur holat yuzasidan ayblanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing